Jahon | 07:37 / 18.02.2017
6347
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi maktablarda rus va ingliz tilini o‘qitishga e'tibor kuchaytiriladi

Tojikiston ta'lim vazirligi mamlakatdagi o‘rta ta'lim maktablarida rus va ingliz tillarini o‘qitish uchun ajratiladigan soatlarni ko‘paytirish masalasi ustida ishlamoqda. Bu haqda Tojikiston pedagogika fanlari akademiyasi vitse-prezidenti Irina Karimova ma'lum qildi. 

"Hozirda ta'lim va fan vazirligi ishchi komissiyasi rus tilini maktablarda o‘qitishni necha soatga oshirish mumkinligi borasida ishlamoqda", deb aytdi mutaxassis. Uning aytishicha, vazirlik mamlakat prezidenti Emomali Rahmonning rus tilini o‘qitish soatlarini oshirish borasidagi ko‘rsatmasiga ko‘ra ish tutmoqda.

"Bu komissiya qaysi zaxiralar yoki darslar hisobiga rus tili soatlarini oshirish mumkinligini hal qiladi, hozir rus tili haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi", deb aytdi Karimova. Rus tili Tojikiston konstitutsiyasida millatlararo muloqot tili sifatida biriktirilgan hamda 2-sinfdan boshlab maktablarda majburiy o‘qitiladigan fan hisoblanadi.  

Mutaxassisning aytishicha, hozirda maktablarda rus tiliga o‘qitishdagi asosiy muammo yuqori malakali pedagogik kadrlar va rus tilida dars olib boruvchi o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kurslarining yo‘qligi hisoblanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid