Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guberniyev Furkaddan uni efirda haqoratlagani uchun uzr so‘radi
Rossiyalik taniqli sharhlovchi Dmitriy Guberniyev va fransiyalik biatlonchi Marten Furkad Avstriyaning Xoxfiltsen shahrida o‘tayotgan jahon chempionati vaqtida o‘zaro uchrashishdi. Ular bundan avvalroq yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatni muhokama qilishgan. Bu haqda sharhlovchi o‘zining instagramida xabar qoldirgan.
«Biz Furkad bilan yarashib oldik. Biz bir-birimizning so‘zimizni tingladik va bir-birimizni tushundik! Men unga o‘z so‘zlarimdan afsusdaligimni bildirdim. Marten rossiyaliklar jamoasiga e'tirozi yo‘qligini aytdi. U ham, men ham o‘shanda hissiyot bilan harakat qilgandik. Men yarashib olganimizdan xursandman, Marten ham xursand! Yashasin tinchlik!» — deya sharhlagan vaziyatni Guberniyev.
U 9 fevral kuni aralash estafeta sovrindorlarini taqdirlash marosimi translyatsiyasi vaqtida «Match! Arena»dagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri vaqtida o‘zini tutib tura olmagandi.
«Marten, sen shunchaki to‘ng‘izsan. Bu haqda istasangiz butun dunyoga jar solishim mumkin», – degandi u.
Uning bu so‘zlariga Furkad estafeta vaqtida rossiyaliklar vakili Aleksandr Loginovni chalib yuborgani sabab bo‘lgandi. O‘shanda taqdirlash marosimi vaqtida Shipulin va Loginov shohsupada Marten Furkadning qo‘lini siqishni istamagan, shundan keyin fransiyalik sportchi shohsupadan ketib qolgandi.
Video: Dmitriy Guberniyev jonli efirda fransuz biatlonchisini to‘ng‘iz deb atadi
Mavzuga oid
20:15 / 30.07.2025
Mashhur biatlonchi Laura Dalmayyer Pokiston tog‘larida halok bo‘ldi
16:06 / 09.08.2022
O‘zbekiston «ArMI-2022» doirasida o‘tkaziladigan «Tank biatloni» musobaqasida qatnashadi
07:46 / 17.03.2022
Mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais etib saylandi
07:10 / 15.03.2020