Tovlamachi dasturlarning 75 foizi rusiyzabon dasturchilar tomonidan tuzilgani ma'lum bo‘ldi
2016 yilda faol bo‘lgan 62 tovlamachilik dasturidan (DT) 47 tasi, ya'ni 75 foizi rusiyzabon dasturchilar yoki MDH vakillari tomonidan yaratilgan. "Kasperskiy labaratoriyasi" ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda. Bu haqida itsec.ru saytida xabar berildi.
Nima uchun aynan rusiyzabon dasturchilar tovlamachilik DTni yaratishga katta e'tibor qaratayotgani noma'lum. Ehtimol, bu Rossiya va qo‘shni mamlakatlarda yuqori malakali dasturchilarning ko‘pligi bilan izohlanar. Bundan tashqari, troyan-shifrchilar paydo bo‘lgunga qadar rusiyzabon maxfiy forumlarida boshqa turdagi tovlamachilik DTlari sotilar edi. Dasturlar jabrlanuvchilarning Windows yoki brauzerga kirish imkonini bloklab qo‘yib, uni qaytarish uchun to‘lov talab qilgan.
Telemetriya ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 12 oyda tovlamachilik DTlaridan foydalanilgan hujumlar soni sezilarli darajada oshgan. 2016 yilning boshida har 20 soniyada kompyuterlarga ziyon yetkazilgan bo‘lsa, yilning oxiriga borib bu ko‘rsatkich har 10 soniyani qayd etdi. Har 40 soniyada biror bir tijorat tashkiloti tovlamachilik qurboniga aylanmoqda.
Tovlamachilar oddiy foydalanuvchilarga spam-xatlar yo‘llashdan ko‘ra, yirik kompaniyalarni afzal ko‘rishmoqda. Ekspertlar 2016 yilda umumiy hisobda 32 091 ta tovlamachilik DTni aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, ularning bari 62 guruh tomonidan amalga oshirilgan.
Xakerlar jamoasida "tovlamachilik DT xizmat turi sifatida" biznes-modeli keng tarqalmoqda.
Mavzuga oid
12:18 / 21.07.2024
Samarqandda xaker yigit taniqli boylarni aldab pullarini o‘zlashtirdi
21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
15:48 / 07.03.2024
Qashqadaryoda uch bloger hibsga olindi. Ular tovlamachilikda gumonlanmoqda
14:37 / 03.02.2024