Samarqandda Telegramʼda tadbirkorlar nomidan sahifa oçib, ularning pullarini özlaştirgan xaker yigitga sud hukmi öqilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 20 yoşli yigit Samarqand viloyatida taniqli tadbirkorlarning Telegram sahifalaridan foydalanib ularni katta pulga çuv tuşirgan.

Yigit Telegramʼda tadbirkorlar nomida sahifa oçgan va ularning fotosuratlarini qöygan. Söng tadbirkorlar qöl ostida işlayotgan xodimlarning kontaktlarini topgan.

Oxirida tadbirkorlar nomidan ularning yordamçilariga, qöl ostidagi xodimlarga pul zarur bölayotgani haqida yozib yuborgan.

Yordamçilar va xodimlar sahifa soxta bölişi ham mumkinligini xayollariga keltirmay, yigit söragan pullarni taşlab beraverişgan.

“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, yigit jinoiy işga qöl urişdan avval taniqli tadbirkorlarni obdon kuzatgan.

“Avval tadbirkorlar nomida sahifa oçdim. Söng ularning nomidan menejerlariga, sotuv ofisi xodimlariga va boşqa işçilariga xöjayinlari nomidan pul taşlanglar deb yozvordim. Heç kim nega deb söramadi va söragan pullarimni taşlab beraverişdi”, degan yigit sud majlisida.

Yigit özi çuv tuşirgan odamlarga özidagi kartalarning raqamlarini yozib yuborgan va pullarni tuşirib olgan. Şu tariqa xaker yigit bir tadbirkordan jami 36 mln, boşqasidan jami 43 mln söm undirgan.

U sudda pullarni onlayn qimor öyinlarida yutqazib yuborganini aytgan. Yigitning ta’kidlaşiça, qilmişlari oşkor bölgaç u yaşab turgan uyini sotib, tadbirkorlarga yetkazilgan zararni qoplab bergan.

Aniqlanişiça, yigit oldin ham xakerlik yöli bilan pul özlaştirib, ikki marta sudlangan ekan.

Sud xaker yigitni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan aybdor deb topgan va unga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi bergan.