Qaşqadaryo viloyatida 3 nafar bloger — Nargiza Keldiyorova, Dildora Hakimova va Şukrulla Parpiyev hibsga olindi. Ular Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismida (Tovlamaçilik) körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Qaşqadaryo viloyati sudining rasmiy axborotiga köra, Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudida Qaşqadaryo viloyat prokurori örinbosarining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvçi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan 3 nafar şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş haqidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan körib çiqilgan.
Bular 1977 yilda tuğilgan, “Inson huquqlari” mustaqil taşkiloti a’zosi, “Himoyaçi blogerlar” MÇJ rahbari Şukrulla Parpiyev, 1980 yilda tuğilgan Nargiza Keldiyorova hamda 1984 yilda tuğilgan, Koson tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi öqituvçisi Dildora Hakimova bölgan.
Sudning 2024 yil 28 fevraldagi ajrimi bilan Qaşqadaryo viloyat prokurori örinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilgan hamda gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, gumonlanuvçilar maktab direktori va uning fermer otasi haqida şaxsga oid ma’lumotlarni internetda tarqatmaslik evaziga 5 ming AQŞ dollari sörab, şundan ma’lum qismini olayotgan vaqtlarida aşyoviy dallilar bilan qölga olingan. Ularga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq bloger Elmurod Odilov Yakkaboğ tumanida fermerlar işiga aralaşganlik aybi bilan, bloger A.Abdullayev, Nasaf News veb-sayti rahbari Umid Karimov va avtobloger Maqsud Muzaffarov transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş va mayda bezorilikda ayblanib, qamalgandi.
Joriy yilning yanvar oyida Qaşqadaryoda 49 yoşli bloger tovlamaçilikda aybdor deb topilib, unga sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlagandi

















