Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘lliklar tovuq boqish ortidan nimalarga erishish mumkinligini isbotlashdi
Biror yangi va istiqbolli loyiha boshlansa, ko‘pchilik: “Kimdir yuritib foyda ko‘rsin, so‘ng urinaman”, degan fikrga boradi. Albatta, sinalgan ishning samarasidan voqif bo‘lib, so‘ng boshlagan ham ma'qul.
Imtiyozli kredit hisobiga xonadonida parranda boqishni boshlagan Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi Ko‘makay qishlog‘ida yashovchi Akbarovlar oilasini yo‘qlab bordik.

Uy bekasi Omadxon opa o‘g‘li bilan shinamgina uyi yerto‘lasiga joylashtirilgan tovuq kataklari oldida andarmon, onasiga qarashayotgan Farruxbek esa kataklardan tuxumlarni terish bilan band. Oila tumandagi tijorat banklari tomonidan berilgan imkoniyatdan foydalanib 200 dona zotli tovuq boqishni boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Natijalar esa bir oila uchun juda salmoqli.
- Ikki yuzta tovuqning 90 foizi ozig‘ini ratsion asosida berib tursangiz kuniga tuxum qilar ekan, - deydi Omadxon opa. – Mana bu 130 dona tuxumni hozirgina terib oldik, hali kechgacha yana yig‘amiz. 100 ta tovuqqa kuniga uch mahal 17 kilogramm ozuqani (bir kunda beriladigan donning narxi hozirda 7 ming so‘mga to‘g‘ri kelyapti) 3 mahal bo‘lib beriladi. Hisoblab chiqsak, oilamizga oyiga o‘rtacha 1 millionga yaqin sof daromad kelar ekan.
Oltinko‘l sanoat kolleji jamoasi muassasaning o‘zida tovuqxona tashkil qilibdi. Bundan ko‘zlangan maqsad - o‘quvchilarga parranda boqishni o‘rgatib, sohaning serdaromad ekanligini amaliy ko‘rsatish. Ta'lim muassasasida 9 foizlik imtiyozli kredit hisobiga donasi 27000 so‘mdan olib kelingan 100 dona tovuq zamonaviy kataklarda parvarishlanmoqda. Tovuqxona iqtisodiyot yo‘nalishidagi dars mashg‘ulotlari uchun esa tayyor va jonli ko‘rgazmali qurol vazifasini ham o‘tayotir.



Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026