Jamiyat | 12:01 / 21.02.2017
19188
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Qo‘rquv bilmas ofitsiant qiz echkiemarga xizmat ko‘rsatishni istamadi

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi restoranlardan birida ishlovchi ofitsiant qiz Samiya Lila o‘z xizmat joyiga kirib olgan echkiemarni sudrab olib chiqib tashlagach, bu haqda mahalliy yangiliklar saytida yozildi.

Dam olish kunlari restoranga tashrif buyurgan kishilar polda sudralib yurgan katta echkiemarni ko‘rishgan. U stollardan biri ostiga kirib oladi.

"Men avvaliga uni ko‘rib, bu it bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Ammo keyin tushundimki, bu echkiemar", — degan Samiya Lila.

Qiz qo‘rqmasdan jonivorning dumidan tutgan va uni eshik tomon sudrab ketgan. Bu vaqtda esa mijozlardan biri qo‘rquvdan stul ortiga bekinib olgandi.

"Men esa hech narsadan qo‘rqqanim yo‘q, men sudralib yuruvchilar bilan o‘ynashni sevaman…", — degan Samiya Lila.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu qiz Avstraliyaga o‘tgan yilning noyabrida Fransiyadan kelgandi va u oldindagi yozni ham shu yerda o‘tkazmoqchi.

Qo‘rquv bilmas ofitsiant qiz haqidagi videorolik Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylangan va 2 kun ichida 280 ming martadan ortiq ko‘rilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish