Sport | 22:29 / 23.02.2017
7117
2 daqiqa o‘qiladi

Haftaning eng mashhur darvozaboni nega pirog yegani haqida gapirib berdi

Angliyaning «Satton» klubi zaxira darvozaboni Ueyn Shou Angliya Kubogining «Arsenal»ga qarshi uchrashuvi (0:2) paytida nima sababdan pirog yegani haqida gapirib berdi.

«Arsenal» muxlislari butun o‘yin davomida men haqimda kuylab o‘tirishdi. Ular «Hamma piroglarni kim yedi?», deb baqiraverishdi. Juda ko‘p shunaqa hazillar bo‘ldi. Shunda men ham hazillashishim mumkinligini o‘ylab qoldim. Shunda men ham pirogning katta bo‘lagini tishlab muxlislarga javob qaytardim. Bu chin ko‘ngildan amalga oshirilgandi.

Bu Kornuoll pirogi edi. Mazasi unchalik yomon emas. Aytishim mumkin bo‘lsa, u jamoadagi faoliyatimdan boshqa hech qanday zarar keltirmadi», deya Shouning so‘zlarini keltiradi The Mirror.

Eslatib o‘tamiz, Angliya o‘yinlar komissiyasi totalizator qonunlarini buzganlikda shubha ostiga olingan 125 kilogramli darvozabon yuzasidan tekshiruvlarni boshlagandi.

Uchrashuvdan oldin bukmekerlik idoralaridan biri 8 ga 1 koeffitsiyentda Shou o‘yin vaqtida pirog yeyishiga stavka qo‘ygani haqida ma'lum bo‘lgan. Yakunda golkiper 83-daqiqaga kelib bu ishni amalga oshirgandi.

Foto: «Arsenal»ga qarshi o‘yin vaqtida «Satton» darvozabonining qorni ochqab qoldi

«Satton»ning 125 kilogrammlik darvozaboni o‘yin vaqtida pirog yegani tufayli jiddiy jazolanishi mumkin

Ertakning qayg‘uli yakuni: «Satton» shirinlikxo‘r darvozabonini ishdan haydadi

 

Mavzuga oid