Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo‘ladi
26 fevral, yakshanba kuni sayyoramiz aholisi noyob astronomik hodisa – halqasimon quyosh tutilishining guvohi bo‘ladilar, deb xabar bermoqda "Vechernyaya Moskva" nashri.
Biroq hamma ham bu hodisaning guvohi bo‘la olmaydi. Bu quyosh tutilishidan Janubiy Amerika va Janubiy Afrika aholisi chinakamiga zavq oladilar. Quyosh botishi vaqtida bu hodisa Chili va Argentina hududidan ayniqsa ajoyib ko‘rinadi. Quyosh tutilishi Tinch okeanida boshlanadi.
Olimlarning aytishicha, bu hodisa Oyning Yer sirtiga tushayotgan soyasi o‘lchamlari bilan tushuntiriladi. Bu soya 270 kvadrat km ni tashkil qiladi. Bunda Oy Quyoshning qoq o‘rtasiga turib, uni 99 foizga to‘sadi va bu hodisa kamdan-kam sodir bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, ushbu hodisa kuzatuvlar olib borilayotgan vaqtdagi eng ingichka halqaga ega bo‘lishi bilan e'tiborlidir.
Quyosh tutilishi odamlar sog‘lig‘iga ta'sir qiladi, deb taxmin qilinadi. O‘ta hissiyotli odamlar bu kuni nosog‘lom yegulik tanovul qilishdan, mashina haydash va parvoz qilishdan o‘zlarini tiyganlari ma'qul. Ushbu quyosh tutilishi 2017 yildagi birinchisi bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:08 / 08.09.2025
O‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishiga guvoh bo‘ldi
07:58 / 07.08.2025
AQSh Rossiya rejalariga javoban Oyda AESni ishga tushirishni tezlashtirishi mumkin
21:52 / 21.06.2025
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
00:05 / 07.06.2025