Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Chexiyada hujumchi darvozabon hayotini saqlab qoldi
Chexiya chempionatining 18-turi doirasida «Slovatsko» va «Bogemians 1905» klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldi.
1iSport.cz sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, birinchi bo‘lim vaqtida «Bogemians 1905» darvozaboni Martin Berkovets o‘z jamoadoshi bilan to‘qnashuv oqibatida maydon yiqilgan. Natijada uning tili orqaga ketib qolgan. Bu vaziyatda «Slovatsko» hujumchisi Fransis Kone darhol darvozabonning og‘zini ochib, uning tilini tortgan va unga dastlabki yordamni ko‘rsatgan.
Martin Berkovets keyinroq o‘z hayotini saqlab qolgani uchun raqib futbolchisi Konega minnatdorchilik bildirgan.