Jahon | 07:59 / 28.02.2017
5579
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh savdo vaziri lavozimiga 79 yoshli milliarder tayinlandi
AQSh senati 79 yoshli milliarder Uilbor Rossning nomzodini AQSh savdo vaziri lavozimiga tayinlashga ovoz berdi. Bu haqda 28 fevralda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
79 yoshli sarmoyachining nomzodini 72 senator qo‘llab-quvvatlagan, 27 nafari esa qarshi chiqqan.
Ross bankrotga uchragan kompaniyalarni sotish bilan shug‘ullanadi. U W.L. Ross & Co. kompaniyasini boshqaradi. Rossning boyligi 2,9 mlrd dollarga baholanadi.
Tadbirkor AQSh prezidenti Donald Trampning iqtisodiy dasturi tarafdori sifatida tanilgan. U jumladan Xitoy va Meksika bilan savdo kelishuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi va AQShda yangi ish o‘rinlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi.