Sport | 08:24 / 28.02.2017
10332
2 daqiqa o‘qiladi

«Yilning eng yaxshi stadioni» nomiga da'vogarlar ma'lum bo‘ldi

Foto: "Krasnodar" futbol klubi stadioni © fckrasnodar.ru

2016 yilda foydalanishga topshirilgan stadionlar ichida eng yaxshisi aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovda g‘oliblik uchun kurashadigan 10ta stadion nomi aniq bo‘ldi. StadiumDB.com saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Rossiyaning Krasnodar shahrida qad rostlagan stadion ham kiritildi.

«Krasnodar»dan boshqa yana quyidagi arenalar g‘oliblik uchun kurash olib boradigan bo‘lishdi:
«Alyants Arena» (Vena, Avstriya), «Keyp Kosta Arena» (Keyp-Kost, Gana), «Dachiya Arena» (Udine, Italiya), «Xard Rok Arena» (Mayami, AQSh), «London Arena» (London,  Buyuk Britaniya), «Stadion Miejski (Shahar stadioni)» (Belsko-Byala, Polsha), «Medikal Park Arena» (Trabzon, Turkiya), «Sivas Arena» (Sivas, Turkiya), «Vodafon Arena» (Istanbul, Turkiya).

Hakamlar hay'ati besh nafar stadionlar loyihasi bo‘yicha eng yaxshi arxitektor deb tanlangan mutaxassislardan iborat bo‘ladi. Ular eng yaxshi stadionni aniqlashda uchta kriteriyaga e'tibor berishadi: stadion orqali o‘yinning ko‘rish qulayligi, joylashuv ixchamligi va innovatsion talablarning bajaralishi.

Shuningdek, muxlislar ham saytga kirib ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish 6 martga qadar davom etadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish