Jamiyat | 18:27 / 02.03.2017
6445
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya muftiylar kengashi «shariat patruli» loyihasini qoraladi

Rossiya muftiylar kengashi «shariat patruli» loyihasini rasman qoralab chiqdi va u diniy nizolarni keltirib chiqarish xarakteriga ega ekanini aytdi.

1 mart kuni Moskvada «StopXam» loyihasi ishtirokchilaridan biri «Stop xaram» (ya'ni, «Stop harom») deb nomlangan dasturni yaratgani, uning doirasida u «umuminsoniy axloq me'yorlariga rioya etilishi» ustidan nazorat olib borayotgani xabar berilgan edi.

Ko‘p o‘tmasdan Rossiya Musulmonlari diniy idorasi rahbari, Moskva muftiysi Albir Krganov «Stop Xaram» loyihasini qoralab chiqdi. U bu harakatni «unchalik tushunarli bo‘lmagan tashabbus» deb atadi.

«U nizolarga olib keladi deb o‘ylayman… Agar hozir bizdagi har bitta mazhab ko‘chadagi o‘tkinchilarga xiralik qilishni, axloq-odob o‘rgatishni boshlasa, bundan bizga qanday foyda tegadi? Dunyoviy mamlakatda buni qanday qabul qilish mumkin?», degandi u.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish