Mart oyi boshida so‘nggi yillardagi eng yirik internet-kollaps kuzatildi
1 martga o‘tar kechasi Amazon Web Services S3 AWS ma'lumotlarni saqlovchi eng yirik bulut tizimi faoliyatida sodir bo‘lgan nosozliklar butun dunyo miqyosidagi juda ko‘plab sayt va internet ilovalari faoliyatida buzilishni keltirib chiqardi. Bu haqida securitylab.ru'da xabar berildi.
Jabrlanganlar orasida Apple servislari (App Store, Apple Music, FaceTime, iCloud, iTunes, Photo) va Adobe, Komissiyaning qimmatli qog‘ozlar va AQSh birjalari saytlari, GitHub ishlab chiqaruvchilari uchun platforma, bir qator yangiliklar resurslari, Kickstarter kraudfanding platformasi, Mailchimp pochta servisi, Signal ilovasi va boshqalar qayd etilgan.
Amazon'ning Twitter'dagi xabariga ko‘ra, nosozliklar ko‘plab sayt va ilovalar foydalanuvchi ma'lumotlar joylangan S3 AWS tarmoq saqlovchisi faoliyatida kelib chiqqan. Saytlarga kirish bilan bog‘liq muammolar 3,5 soatdan ortiq davom etgan.
Buzilish Amazon'ning Virjiniyadagi ma'lumotlar markazida ro‘y bergan. Muammoni taxminan 4 soatdan keyin bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingan. Kompaniya o‘z servisi faoliyatidagi buzilish sababini oshkor qilmadi.
Hozirda Amazon Web Services odatdagidek rejimida xizmat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
14:05 / 24.08.2024
Amazon xodimi bir yarim yil deyarli ishlamay, 555 ming dollar maosh oldi
21:10 / 03.08.2024
AQSh fond bozorlari ish o‘rinlari kamayishi tufayli qulamoqda
15:55 / 20.07.2024