Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay politsiyasi britaniyalikni xavfli tryuklari uchun qo‘lga oldi
Britaniyalik rufer (turli bino va inshootlarning tomiga chiqishga qiziquvchilar) Jyeyms Kingston Dubayda xavfli tryuklarni amalga oshirgandan keyin 24 soatga politsiya tomondan ushlab turildi va keyin qo‘yib yuborildi, deb xabar bermoqda Gulf News nashri.
Politsiyachilar Kingstonni 4 mart kuni ushlashgan va 5 mart ertalab qo‘yib yuborishgan.
25 yoshli yigit boshqa bunday xavfli tryuklarni amalga oshirmaslikka tilxat yozib bergan. Uning ushlanishiga Youtube’dagi kanalida u Dubaydagi qurilish maydonchasidagi baland kranga chiqqani videosi sabab bo‘lgan. U bu qilmishi bilan qonunni buzgan.

Politsiya vakillarining aytishicha, yigit nafaqat o‘z hayotini, balki boshqalarning hayotini ham xavf ostiga qo‘ygan, chunki ularning ustlariga tushib ketishi mumkin bo‘lgan.
Dubayda shunga o‘xshash voqea qishda rossiyalik model Viktoriya Odintsova bilan ham sodir bo‘lgan. Qiz Instagram’da 73-qavatli binoning chetida turib o‘zini orqaga tashlayotgani va uning qo‘lidan bir yigit ushlab turgani videosini joylashtirgan. So‘ngra qiz yanada xavfliroq harakatni amalga oshirgan: u bino chekkasidan tushib, hamrohining qo‘lidan ushlab havoda osilib turgan. Bundan keyin Dubay politsiyasi qizni chaqirtirib, boshqa bunday xavfli ishlarni qilmaslikka va'da berish haqida tilxat yozdirib olgan.
Mavzuga oid
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
23:11 / 18.03.2026