Ko‘chmas mulk | 14:13
1090
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi

Shu paytgacha Dubay ko‘chmas mulk sektoriga 50 ming dirhamdan (taxminan 204 ming dollar) ko‘proq investitsiya kiritganlarga yashash uchun ruxsatnoma berilardi. Mazkur talab bekor qilinyapti. Yangi qoidalarga ko‘ra, uy-joyning yagona egasi bo‘lgan xorijliklar mulk qiymatidan qat’i nazar 2 yil muddatga ruxsatnoma uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: AP

Dubayda ko‘chmas mulk sotib olish orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi investitsiya chegarasi olib tashlandi. Bu haqda Dubai Land Department xabar berdi.

Avvalgi talabga ko‘ra, minimal investitsiya miqdori 750 ming dirham (taxminan 204 ming dollar) bo‘lishi kerak edi. Endilikda uy-joyning yagona egasi bo‘lgan xorijliklar mulk qiymatidan qat’i nazar 2 yil muddatga domiy yashash uchun ariza topshirishlari mumkin. Agar ko‘chmas mulk bir nechta shaxsga tegishli bo‘lsa, cheklov saqlanib qoladi — har bir hammulkdor ulushi kamida 400 ming dirham (taxminan 109 ming dollar) bo‘lishi kerak.

Ma’lumot uchun, ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish orqali investor vizasini olish BAAda doimiy yashash uchun ruhsatnomaga ega bo‘lishning eng oddiy va tezkor usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakatda yashashning afzalliklari sifatida qulay iqlim, yuqori xavfsizlik darajasi, rivojlangan infratuzilma va texnologik sharoitlar, shuningdek jismoniy shaxslar daromadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlarning yo‘qligi yoki juda pastligi kabi omillar qayd etiladi.

Oxirgi yillarda BAA ko‘chmas mulk bozorida katta o‘sish kuzatilyapti. Masalan, 2025 yilning ikkinchi choragida lyuks segmentdagi bitimlar hajmi 2,6 mlrd dollarga yetdi, bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 52 foizga yuqori. NF Group ma’lumotlariga ko‘ra, xorijliklar orasida Amirliklardan ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha yetakchi rossiyaliklar hisoblanadi.

 

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid