MMA (mixed martial arts, aralash jang san'ati) bo‘yicha Dog‘istonda o‘tkazilgan ochiq chempionat doirasidagi janglardan biri ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi.
Rossiyalik Vladimir Mineyev va dog‘istonlik Aziz Jumaniyozov o‘rtasidagi to‘qnashuv vaqtida janjal kelib chiqqan.
Jang yakunida Jumaniyozov Mineyevning oyog‘iga zarba bergan. Bunga javoban raqib uning boshiga mushtlari bilan tushirgan. Tomoshabinlar ringga chiqib kelishgan hamda ommaviy mushtlashuv boshlanib ketgan. Hodisa yakunida tomonlar yarashgan, sportchilar ham bir-biriga qo‘l tashlagan.