20 kişi, jumladan 15 nafar politsiyaçi yakşanba kuni Doğistonning Derbent va Mahaçqal’a şaharlaridagi pravoslav ibodatxonalari, sinagoglar hamda yöl-patrul xizmati postiga hujumlar oqibatida halok bölgan.

Respublikada aksilterror amaliyotlar rejimi joriy etildi, ikki şaharda ham janglar tun yarmiga qadar davom ettirildi.

Soat 23:00 dan ötganidan keyin Milliy aksilterrorçilik qömitasi Derbentda maxsus amaliyotning faol bosqiçi yakunlangani haqida xabar qildi.

Tunda qömitadagilar amaliyot davomida beş nafar terrorçi öldirilganini ma’lum qildi.

«Derbentda ötkazilgan jangovar tadbirlar yakunida ikki bandit bartaraf etildi, Mahaçqal’ada esa — uç bandit», — deyilgan xabarda.

Bungaça öldirilgan jangarilar soni olti nafar ekani xabar qilingandi — Mahaçqal’ada tört, Derbentda ikki kişi. Doğiston rahbari Sergey Melikov ham hujum qilgan olti kişi öldirilgani haqida aytgan.

Şu bilan birga, hujum qilganlar soni qança bölgani haqida aniq ma’lumot yöq. Milliy aksilterrorçilik qömitasi jangarilarning şeriklari qidirilayotgani töğrisida xabar bergan.

Qurbonlar va jarohatlanganlarning köpçiligi — politsiya xodimlari. Sönggi ma’lumotlarga köra, 15 nafar politsiyaçi hamda tinç aholi vakillaridan beş kişi halok bölgan. 46 kişi jarohatlangan.

«Politsiyaning 15 xodimi bugungi terakt qurbonlari böldi», — deya yozgan Doğiston rahbari öz telegramida duşanbaga ötar keçasi. U oddiy fuqarolar orasida ham qurbonlar borligini qöşimça qilgan.

Rossiya Tergov qömitasi «terakt» moddasi böyiça jinoiy iş qözğatgan.

TASS va RBK manbalari Derbent va Mahaçqal’aga hujum qilganlar — xalqaro terrorçilik taşkiloti tarafdorlari bölganini aytişgan. «Hujum qilganlarning harakatlari, ularning hayqiriqlari va taşqi qiyofasiga qaraganda, terrorçilar xalqaro islomiy terrorçilik taşkilotiga aloqdor bölişgan», — degan RBK manbasi taşkilot nomini oçiqlamagan holda. OAV ma’lumotiga köra, jangarilarning ayrimlari vahhobiylar doiralariga a’zo edi.

Doğistonda uç kunlik motam e’lon qilingan. U 24, 25 va 26 iyun kunlari davom etadi. Doğistondagi teraktlar yuzasidan Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston prezidentlari hamdardlik bildirgan. RF prezidenti Vladimir Putin hozirça hodisa yuzasidan munosabat bildirmagan.