23 iyun kuni keçqurun Doğistonda qurollangan şaxslar Mahaçqal’a va Derbentdagi pravoslav çerkovlari va sinagoglarga hujum qilandi. Öldirilgan 21 kişidan köpçiligi — politsiyaçilar. Qurbonlar soni va hujum xarakteridan kelib çiqib, bu voqealarni jangarilarning 2014 yil Grozniyda amalga oşirgan hujumiga qiyoslaşmoqda. Prezident Vladimir Putin bu hodisa yuzasidan baribir munosabat bildirmadi, hujum uçun mas’uliyatni heç bir guruh öz zimmasiga olmagan. Hujumda iştirok etganlarning barçasi — Doğistondagi Sergoqal’a qişloğida yaşovçilar, ular orasida Sergoqal’a rayoni rahbari Magomed Omarovning öğli va jiyani ham bor. Hudud rahbari dastlab işdan olindi va «Yedinaya Rossiya» partiyasidan çetlatildi, keyin esa mayda bezorilik böyiça 10 kun muddatga hibsga olindi.
Seşanba kuni Mahaçqal’aning Lenin rayoni sudi Sergoqal’a rayoni sobiq rahbari Magomed Omarovni mayda bezorilik (Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 20.1 moddasi, 1-qismi) böyiça ma’muriy moddaga asosan hibs qilingan. «Interfaks» va «Kommersant» huquq-tartibot organlaridagi manbalariga asoslangan holda kuçişlatar tuzilmalar unga qarşi terrorizmga yordam beriş böyiça jinoiy iş oçiş böyiça materiallar tayyorlanayotganini aytgan. OAV ma’lumotiga köra, Mahaçqal’a va Derbentdagi hujumda uning qarindoşlari iştirok etgan.
Hujumda iştirok etganlar soni böyiça OAVda turliça raqamlar aytilgan va respublika rahbari Sergey Melikov ham bir safar beş, boşqa safar — olti raqamini keltirgan. Rossiya tergov qömitasi duşanba kuni hujumda iştirok etgan beş kişi öldirilgani hamda ularning şaxsiga aniqlik kiritilayotganini ma’lum qilgan. Idora ularning ism-şariflarini oçiqlamagan, ammo bungaça ular haqida OAV va telegram-kanallarda ma’lumot tarqalib ulgurgandi.
Yakşanba kuni Doğistonda amalga oşirilgan hujumning barça iştirokçilari Sergoqal’a rayonidan bölişgan — buni Doğiston rahbari Sergey Melikov ma’lum qildi. U hujum qilganlar orasida uşbu rayon rahbarining qarindoşlari ham bölganini tasdiqlagan.
«Kommersant» ma’lumotiga köra, Mahaçqal’ada Sergoqal’a rayonining qarindoşi va öğli — 32 yoşli Abdusamad Amadziyev va 31 yoşli Osman Omarov, şuningdek 42 yoşli Dalgat Daudov otib öldirilgan. Derbentdagi hujumda MMA jangçisi, 28 yoşli Gadjimurad Kagirov hamda «Spravedlivaya Rossiya» partiyasining Sergoqal’a rayonidagi bölimining sobiq rahbari, 35 yoşli Ali Zakarigayev öldirilgan — «RIA Novosti» ma’lumotiga köra, u ham Omarovning qarindoşi sanaladi. Hujum qilganlar orasida Omarovning yana bir öğli Adil ham bölgani — oxirigaça aniq emas. Baza, Mash va Shot manbalari Omarovning ikki öğli ham jangarilar qatorida bölganini aytişgan, «Kommersant» esa Adilning aksiyadagi iştiroki tasdiqlanmagani haqida yozgan.
Mavzuga oid
The Insider Doğistondagi öldirilgan jangarilar röyxatini e’lon qilgan «Sapa Kavkaz» va «Bessovestniy Dagestan» telegram-kanallari Adilni tilga olmaganiga e’tibor qaratgan.
Jangarilar Derbent va Mahaçqal’aga qanday hujum qilgan?
Yakşanba kungi hujum Derbentda boşlangan: soat 18:00 atrofida qurollangan ikki şaxs Kele-Numaz sinagogiga yonuvçi modda solingan butilkalarni uloqtirib, öt qöygan, deb yozadi «Kommersant». Voqea joyiga politsiyaçilar yetib kelganida, jangarilar ularni öqqa tutgan. Salman va Tagi-Zada köçalari kesişmasida hujum qiluvçilar va politsiyaçilar örtasida otişma röy bergan — uning videosi «Moy Derbent» kanalida e’lon qilingan.
Jangarilar politsiyaçilardan qoçişga muvaffaq bölgan va sinagogdan taxminan bir kilometr masofadagi Bibi Maryam şafoati çerkoviga yetib borgan. Bu yerda ular 66 yoşli protoiyerey, bu ibodatxonada 40 yildan oşiq vaqtdan buyon xizmat qilib kelgan Nikolay Kotelnikovni öldirişgan. Kotelnikovning bevasi Valentina «Izvestiya» naşriga hujum qilganlar «binoga kirib kelib, qöriqçini öldirişgani, keyin uyga kirib, ruhoniyga öq uzişgani, uyni yoqib yuborişgani»ni aytgan: «Keyin çerkovga ham öt qöyişdi».
Ibodatxonaga hujum vaqtida bu yerda odamlar bölmagan. Öldirilgan protoiyereyning kuyovi, ruhoniy Sergiy Abasov «Mediazona» bilan suhbatda Kotelnikov insultni boşdan keçirgani, ançadan buyon işlamay qöygani va şunçaki «çerkovga borib, ibodat qilib turgani»ni aytgan. «Şu kuni şunçaki toza havodan nafas olib, dam olgan», — deya qöşimça qilgan Abasov. Uning özi 2018 yil Grozniyda jangarilar hujumini boşdan keçirgandi. Abasov rafiqasiga qönğiroq qilib, Kotelnikov öldirilgani haqida aytganidan bir neça daqiqa ötib, jangarilar Mahaçqal’adagi Avliyo Uspenskiy soboriga hujum qiladi. Abasov ham öşa yerda edi.
Mahaçqal’ada hujum Yermoşkin köçasidagi sinagogdan boşlanadi, bu Derbentdagi hujumdan taxminan yarim soat ötganida boşlanadi. Boşqa guruh binoga öt qöyadi, darvozaga Qur’oni karimning özga dindagilarga aloqador oyati va suralari raqamlarini yozişadi. «Kommersant»ning yozişiça, şundan keyin hujum qiluvçilar Avliyo Uspenskiy sobori tomon yöl oladi, ammo yölda Emirov, Orjdonikidze va Buynakskiy köçalari kesişmasida politsiyaçilar bilan otişmaga kirişadi.
Sobor yaqinida, Komarov köçasida politsiyaçilar bilan otişmada ikki jangari halok böladi. Ularning öldirilişi aks etgan video «Tut Dagestan» kanalida e’lon qilgan. Yana bir hujumçi yöldan ötayotgan haydovçining «Lada» avtomobilini egallab olgan va bir özi Avliyo Uspenskiy soborigaça yetib borgan. Bu yerda u qöriqçini öldirib, ibodatxona binosiga öt qöyişga ulguradi, deya xabar qiladi «Kommersant». U bir neça soat davomida politsiyaçilar bilan otişmani davom ettiradi. Ruhoniy Abasov «Mediazona» bilan suhbatda aytib berişiça, u ibodatxona eşiklarini içkaridan mahkam yopib olişga ulguradi va u bilan yana 18 kişi otişma vaqtida içkarida jon saqlaydi.
Faqat tungi soat 2:30 ga kelib Doğiston rahbari Melikov hujum iştirokçilariga qarşi amaliyotning faol bosqiçi yakunlanganini xabar qiladi. Janglar sakkiz soat davom etadi.
Rasmiylar qanday reaksiya qildi
Doğistondagi hujum qurbonlar soni va hujum xarakteri böyiça jangarilar 2014 yil Grozniyda amalga oşirgan hujumga qiyoslanmoqda — öşanda qurollangan jangarilar yöl-patrul xizmati postiga hujum qilgan, keyin esa Naşriyot uyini egallab olgandi. Hujum oqibatida 14 politsiyaçi va tinç aholi vakillaridan bir kişi halok bölgan. Doğistonda ham hujum qiluvçilar politsiyaçilarni nişonga olişdi.
Doğiston rahbari Sergey Melikovning reaksiyasi ham öşanda Grozniyga hujumga munosabat bildirgan Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovnikiga öxşaş. Qodirov öşanda hujumda iştirok etganlarning oila a’zolari respublikadan quvib yuborilişini aytgandi. «Men rasman ma’lum qilamanki, ota-onalar öğillari yoki qizlarining harakatlari uçun javob bermasligi aytiladigan davr poyoniga yetdi. Çeçenistonda javob berişadi!» — degandi u öşanda.
Melikov şuningdek hujum uçun javobgarlikni qisman amaldor Magomed Omarovning zimmasiga yukladi — jangarilar orasida uning öğli va qarindoşi bölgan. «Men ota öz bolalari uçun javob berişi kerak deb hisoblayman. Şunça yildan buyon işlab kelayotgan munitsipal rahbari qanday qilib öz farzandlari tarbiyasiga e’tiborsizlik qildi va ular qotillarga aylanişdi? Javobgarlik töliq uning zimmasida deb hisoblayman», — degan Doğiston rahbari.
Mahaçqal’adagi pravoslav çerkovi oldida öt qöyib yuborilgan maşinalar
GYANZHEVI GADZHIBALAEV/TASS
Melikov katta Omarovning hujumdagi aybdorligi yuzasidan izoh bermagan, ammo qöşimça qilgan: «Agar uning iştiroki tasdiqlansa, töla javobgarlik ham böladi».
U Omarovni iste’foga çiqargan, uni «Yedinaya Rossiya»dan çetlatişdi, seşanba kuni esa mayda bezorilik böyiça hibsga olişdi. Şu bilan birga, Baza Omarovni yakşanba kuni keçqurun söroq qiliş uçun olib ketişganini xabar qilgan. Manba ma’lumotiga köra, u kuçişlatar tuzilmalar vakillariga öğillaridan ayrimlari, şuningdek qarindoşi vahobiy bölganini aytgan. Ulardan eng radikal qaraşlardagisi Osman bölgan, ammo qolgan ukalari va qarindoşlari uni qöllamagan, deya Omarovning söroqdagi sözlarini keltiradi Baza.
Naşrga köra, uşbu amaldor göyoki sönggi yillarda öğillari bilan gaplaşmaganini aytgan va tergovçilarni özini vahobiylarga mansub deb hisoblamasligiga işontirgan. «Oila bu öğilning radikal qaraşlariga qöl siltagan va u bilan aloqani uzgan, — degan «Kommersant» manbasi.
Hujumdan ikki kun ötganidan keyin ham ijroçilarning qaysidir terrorçi taşkilotga aloqadorligi haqida xabar yöq. Doğistondagi hujum Rossiyada sönggi oylarda «Krokus-Siti Holl»dagi tomoşabinlar otib taşlanişi hamda Rostovdagi tergov izolyatorida xodimlar garovga olinişidan keyingi uçinçi jiddiy hujum böldi. IŞID terrorçilik guruhining «Xuroson viloyati» bölimi Doğistondagi teraktlarni olqişlab bayonot bergan. Bunga The Khorasan Diary jurnalistlari e’tibor qaratgan. «Kavkazdagi birodarlarimiz ular hali ham kuçli ekanini va nimalarga qodirligini körsatişdi», — deyiladi guruh bayonotida.
Amerikadagi Uruş tadqiqotlari instituti (ISW) bu bayonotda guruhning hujumga aloqadorligi haqida söz bormasligini qayd etgan.
«Izvestiya» tergovdan xabardor bölgan manbalariga tayanib xabar berişiça, jangarilar hujumga bir oyga yaqin vaqt davomida tayyorgarlik körişgan, ularning nişoni esa avvaldan ruhoniy Nikolay Kotelnikov bölgan.
«Spravedlivaya Rossiya» partiyasi yetakçisi Sergey Mironov Doğistondagi hujumga 2023 yil oktyabrida respublika poytaxtidagi aeroportda antisemistik harakatlar jazosiz qolgani ham sabab bölganini aytgan. «Öşanda turli „avtoritetlar“ pogromçilarni ozod qilişga, „yoş yigitlar hayotini barbod qilmaslik“ka çaqirgandi. Men kimningdir hayotini barbod etişga qarşiman. Ammo bu beqaror boşlarni aylantirgan narsa aynan jazosizlikdir», — degan u. Lekin öşanda tartibsizliklarda iştirok etgan 242 kişiga ma’muriy hibslar va jarimalar tayinlangan, önlab gumonlanuvçilar ommaviy tartibsizliklar töğrisidagi jinoiy iş böyiça tergov izolyatorlariga olib kelingandi.
Putin Derbent va Mahaçqal’adagi hujum yuzasidan munosabat bildirmadi. Duşanba kuni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov barça jabrlanuvçilarga yordam körsatilişi, davlat rahbariga bu iş borasida hisobot yetkazib turilganini aytgan. Hujum böyiça maxsus murojaat rejalaştirilmagan, deya aniqlik kiritgan Peskov.