Toshkentdagi 6ta o‘rta maxsus ta'lim muassasi direktori ishdan bo‘shatilgan
Toshkentda keyingi ikki oy davomida ikkita o‘rta maxsus ta'lim muassasining direktori ta'lim-tarbiya jarayoni susaytirilgani tufayli ishdan haydalgan. Bu haqda 14 mart kuni Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
O‘quv yili boshidan buyon esa shu sabab bilan jami 6 nafar rahbar lavozimdan olingan.
Matbuot anjmunida shahardagi maktablar va o‘rta maxsus ta'lim muassasalaridagi o‘quvchilar davomati va o‘quv jarayoni tahlil qilingan.
Ma'lum qilinishicha, ayni damda poytaxt maktablarida davomat ko‘rsatkichlari 92-93 foizni tashkil qilmoqda, litsey va kollejlarda esa bu ko‘rsatkich nisbatan yaxshiroq — 94-95 foiz.
Bundan oldinroq maktablarda qoniqarsiz davomat uchun direktor ishdan haydalishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
11:03 / 20.05.2024
Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida kaltakladi
09:11 / 20.01.2024
Menejerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga har oy qo‘shimcha ustama to‘lanadi
08:15 / 16.01.2024