Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patrushev Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi bilan uchrashdi
Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hanif Atmar bilan uchrashdi. Tomonlar terrorizmga qarshi kurash masalasini muhokama qilishgan, deb xabar qilmoqda RF XK matbuot xizmati.
"Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat terrorchilik tahdidi, xususan, IShIDga qarshi kurash nuqtainazaridan muhokama qilingan. ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi doirasida amaliy faoliyatni boshlash jihatiga e'tibor qaratilgan", — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlik, harbiy va harbiy-texnik hamkorlik, shuningdek, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash masalalari ham muhokama etilgan.
Mavzuga oid
10:20
WP: Orbanga yaqin shaxslar YeI yig‘ilishlari haqida Moskvaga axborot bergan
09:29
Pistorius: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish mumkin emas
16:20 / 21.03.2026
Kremlga yaqin iqtisodchilar Rossiyada yil oxirigacha retsessiya bo‘lishini kutmoqda
14:00 / 20.03.2026