Jahon | 17:45 / 17.03.2017
7266
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiya bug‘doyini bojsiz import qilishga taqiq qo‘ydimi?

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya hukumati Rossiya bug‘doyini bojsiz importi uchun cheklovlar kiritilganini tasdiqlamayapti, deb ma'lum qildi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Aleksey Gruzdev jurnalistlarga.

"Bizda Turkiyaning iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi hamda ular qandaydir cheklovlar kiritilganini tasdiqlashmadi. Hozirda ushbu ma'lumotni, jumladan biznes-hamjamiyat ishtirokchilari bilan birgalikda tekshirmoqdamiz", - dedi u.

"Turkiya tomoni rasman importni cheklovchi qandaydir qarorlar qabul qilinganini tasdiqlamadi", - deya ta'kidlab o‘tdi Gruzdev.

Avvalroq "Kommersant" gazetasi Turkiya Rossiya bug‘doyi, kungaboqar moyi kabi mahsulotlarni bojsiz olib kirishga litsenziya berishni to‘xtatgani haqida xabar tarqatgandi. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Anqara bu mahsulotlarni olib kirish uchun 130 foizlik miqdorda boj kiritishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Turkiya Rossiya bug‘doyining eng yirik importchilaridan biri hisoblanadi - mamlakat o‘tgan yilning iyulidan joriy yilning fevraliga qadar taxminan ikki million tonna g‘alla xarid qildi.

Mavzuga oid