Jamiyat | 17:46 / 28.03.2017
14783
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalla instituti ishida qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda

Mahalla fuqarolar yig‘inlarining mustaqilligini mustahkamlash, o‘zini-o‘zi boshqarish tizimidagi ortiqcha bo‘g‘inlarni bartaraf etish maqsadida tarkibida mahallalar mavjud bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarini mahallalar fuqarolar yig‘inlariga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu dolzarb vazifalar joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzuridagi fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyalarning va 2016 yilda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 12- hamda 14-moddalari asosida tuzilgan va fuqarolar yig‘ini raisi hamda maslahatchilarining keyingi saylovi e'lon qilingunga qadar faoliyat ko‘rsatadigan 9766ta fuqarolar yig‘ini huzuridagi ishchi guruhlarning faol ishtirokida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Prezidentning joriy yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) ta'sis konferensiyalari o‘tkazishi belgilangan.

Shu maqsadda joriy yilning 15 mart-1 aprel kunlari Toshkent shahrida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashlarining ta'sis konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirildi va o‘tkazilmoqda.  

Mavzuga oid