Ötgan yili Taxiatoş tumanidagi Taxiatoş IES yonida yangi diagnostika markazi qurib, foydalanişga topşirilgan. Osiyo taraqqiyot banki hisobidan qurilib, eng zamonaviy tibbiyot apparatlari bilan jihozlab berilgan poliklinikada sifatli va bepul tibbiy xizmat körsatiş doimiy monitoring qilib boriladi. E’tiborimizni tortgani poliklinikada MRT uskunasining ham örnatilgani böldi.

Şuningdek, diagnostikani örganiş çoğimizda UZI, EKG, mammografiya uskunalari bilan jihozlangan tibbiyot avtokarvoni ham yetib keldi. Ularning vazifasi esa aholini tibbiy körikdan ötkazib, ma’lum-noma’lum kasalliklarni aniqlaş, oldini oliş yoki davolaş çoralarini körişdan iborat.

Yaqin hududlarda yaşovçi mahalliy aholi mazkur köçma şifoxonalarda bepul körikdan ötiş uçun erta tongdan navbatlar band qilişdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, ayni paytda vazirlik tasarrufida 15 ta mobil mammografiya kompleksi mavjud. Ular yordamida kökrak bezi saratonini erta aniqlaş uçun mamlakatimizda ilk bor barça hududlar mammografiya skriningi bilan qamrab olinadi. Bu tibbiyot karvoni tez orada sizning mahallangizda ham xizmatda böladi.