O‘zbekiston | 20:33 / 28.03.2017
13621
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hujjatlar paketi imzolanishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Rossiya Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi davomida o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlarida katta hajmdagi hujjatlar paketini imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Moskvadagi uchrashuvi chog‘ida ma'lum qilgan.

«Bizning siz bilan uchrashuvimiz, sizning ishchi tashrifingiz Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator hujjatlarni imzolashmoqchi», - deya qayd etgan Medvedev.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifigacha bunday ko‘lamdagi hujjatlar paketi imzolanishiga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha masalalarni hal etishimiz lozim. Imzolanadigan barcha hujjatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish uchun zamin yaratadi. Jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari, shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarga aloqador», - deya uning so‘zlarini tasdiqlagan O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov.

Mavzuga oid