Sport | 20:45 / 30.03.2017
3179
1 daqiqa o‘qiladi

MPA Toshkent shahar bo‘limi nogiron o‘smirlarni voleybol jamoasiga taklif qiladi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assatsiatsiyasi (MPA)ning Toshkent shahar bo‘limi doimiy yashash joyi poytaxt va Toshkent viloyatida bo‘lgan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan amputant (amputatsiya qilingan, qo‘li yoki oyog‘i kesib tashlangan nogiron), poliomiyelit (asab tizimini falaj qiladigan yuqumli kasallik) tashxisi qo‘yilgan o‘smirlarni voleybol bo‘yicha terma jamoasiga taklif qiladi. 

Terma jamoa o‘yinchilari 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida va xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun tayyorlanadi. 

Voleybol mashqlari MPAning Toshkent shahar bo‘limi katta murabbiyi Safariyev Rashid Hidoyatovich boshchiligida olib boriladi. 

Voleybol bo‘yicha barcha o‘quv mashqlari bepul. 

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:

+998 90 981 58 45 (Rashid Hidoyatovich)
277 67 44 (uy)
245 06 69 (ish)

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish