Jamiyat | 21:36 / 05.04.2017
13086
2 daqiqa o‘qiladi

Kommunal xizmatlarning o‘z vaqtida to‘lanmasligi nimaga olib keladi?

5 aprel kuni Toshkent shahar hokimiyatida bo‘lib o‘tgan Bugungi kunda Toshkent shahri aholisi issiqlik quvvati va suv xizmatlari uchun umumiy hisobda 114 milliard so‘m qarz ekani ma'lum qilindi. 

1 aprel sanasiga ko‘ra, toshkentliklarning issiqlik xizmatlari bo‘yicha qarzi taxminan 96 milliard so‘mni tashkil qiladi - bu o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga kam. 

Shu o‘rinda joriy yilda issiqlik tizimining erta o‘chirilishi sabablari bo‘yicha savol berildi. Berilgan javobga ko‘ra, havo harorati 5 kun davomida ketma-ket 8 darajadan yuqori bo‘lsa, issiqlik tizimi o‘chiriladi. Aslida yillik me'yor - 148 kun ekani, bu yil esa aksincha 155 kun issiqlik tizimi xizmat ko‘rsatgani alohida qayd etildi. 

"Suvsoz" DUK boshqaruvchisining so‘zlariga ko‘ra, poytaxt aholisining sovuq suv bo‘yicha qarzi 18 milliard so‘mga yaqin. Holbuki, Toshkent shahri eng toza va eng arzon ichimlik suvi bilan ta'minlanishiga urg‘u berildi. 

Tashkilot vakillari xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lov kiritish bugungi kundagi eng og‘riqli nuqtalardan biri ekanini ta'kidlashdi. Aholining o‘z vaqtida pul to‘lamasligi sabab korxonalarda mablag‘ yetishmovchiligi kuzatilib, texnik ta'mirlash ishlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi, bu esa o‘z-o‘zidan aholiga noqulaylik tug‘diradi. Fursatdan foydalanib, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari rahbarlari aholidan imkon qadar o‘z vaqtida to‘lov kiritishni so‘rab murojaat qilishdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid