"Yashil" elektr energiyasining jahon miqyosidagi ulushi oshdi
Quyosh, shamol va biomassa energiyasi narxi tezkor sur'atlarda pasayib bormoqda, ularning dunyo miqyosidagi ulushi esa xuddi shunday sur'atlarda o‘smoqda. O‘tgan yili dunyodagi energiya quvvatining asosiy qismi aynan qayta tiklanuvchi energetika ulushiga to‘g‘ri keldi.
2016 yilda qayta tiklanuvchi energiya elketrostansiyalari qurilishiga ketadigan xarajatlar butun dunyo bo‘ylab 23 foizga (241,6 milliard dollargacha) pasaydi. Kiritilgan quvvat esa, 2015 yilga nisbatan 8 foizga o‘sgan. Olinayotgan "yashil" elektr energiyasi ulushi esa birinchi marta umumjahon miqyosidagi ishlab chiqarishning to‘qqizdan bir darajasidan oshib, bir yilda 10,3 foizdan 11,3 foizga o‘sdi. Bunday muhim davriy voqea haqida BMTda xabar berildi.
O‘tgan yili sayyorada 138,5 gigavatt quvvatli qayta tiklanuvchi energetika yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu joriy yilda kiritilgan barcha quvvatlarning 55 foizini tashkil qildi. Issiqlik, atom elektr stansiyalari va yirik GESlar birgalikda bor-yo‘g‘i 45 foizni berdi. Natijada qayta tiklanuvchi energiya ulushi atigi bir yilda umumjahon iste'molida 10,3 foizdan 11,3 foizga o‘sdi. Bundan keyin ham o‘sish sur'atlari shunday bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi 138,5 gigavatt quvvatning 75 GVt quyosh elektr stansiyasiga to‘g‘ri keladi. Shamol elektr stansiyalariga esa - 54 GVt. Quyosh energetikasi birinchi marta shamol energiyasi pozitsiyasiga yaqinlashmoqda. Bunga sabab uning so‘nggi yillardagi bahosi shamol energetikasiga qaraganda tezroq qisqarmoqda. Ro‘y berayotgan voqealar yaqin kelajakda atom va issiqlik energetikasiga raqobat muhitini keltirib chiqaradi (AQShda AES yopila boshlagan).
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
23:12 / 12.12.2024
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
18:33 / 03.12.2024
Toshkentda 4 dekabr kuni elektr ta’minotidan uziladigan hududlar ma’lum qilindi
19:04 / 02.12.2024