Fan-texnika | 18:07 / 13.04.2017
4461
1 daqiqa o‘qiladi
Apple qondagi qand miqdorini o‘lchovchi qurilma ustida ishlamoqda
Apple kompaniyasi inson qonidagi qand miqdorining doimiy noinvaziv monitoringi texnologiyasini ishlab chiqish uchun biotibbiyot xodimlari va shifokorlardan iborat jamoani yolladi. Bu haqida CNBC xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu texnologiya muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan taqdirda, olimlar uchun katta topilma bo‘lishi mumkin. Zero bunga qadar ko‘pgina kompaniyalar bemordan qon olmay, qand miqdorini o‘lchash usulini izlashgan.
Mazkur loyiha tafsilotlari hozircha sirligicha qolmoqda, biroq teri orqali signal yo‘llashga qodir optik sensor bu vazifani uddalay olishi haqida ma'lumotlar bor.
Mavzuga oid
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi
18:13 / 12.12.2024