Fan-texnika | 18:23 / 13.04.2017
5380
2 daqiqa o‘qiladi

Google yangi servisni ishga tushirdi

Google'ning Hindistondagi bo‘limi yangi Areo ilovasini ishga tushirdi. Uning yordamida foydalanuvchilar uyga yegulik yoki uy ishlari mutaxassislari - elektrik, santexnik va farrosh xizmatlarini buyurtma qilishlari mumkin.

Servis mahalliy servislar asosida mamlakatning eng yirik ikki shahri - Bangalor va Mumbayda yo‘lga qo‘yildi. The Android Soul nashrida ta'kidlanishicha, kompaniya kelgusida o‘z xizmatlarini boshqa shaharlar va hatto mamlakatlar bo‘ylab kengaytirishi mumkin. 

Areo'da muayyan tovarlar va xizmatlar, shuningdek yetkazib beruvchi va servislar bo‘yicha qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchilar har bir chop etilgan maqola ostida o‘z fikrlarini qoldirishlari mumkin bo‘ladi. 

Indian Times'ga ko‘ra, Areo'da Google'ning shaxsiy to‘lov instrumentlari yo‘q, ilova buning o‘rniga mahalliy DirecPay servisidan foydalanadi. 

Google'ning boshqa tijorat servislaridan farqli o‘laroq, Areo foydalanuvchilarga barcha shartnomalarni ilovaning ichidayoq tuzish imkonini beradi va ularni boshqa resurslarga yo‘naltirmaydi. 

Mavzuga oid