Bundan 80 yil oldin hindistonlik 16 yoşli yigit tirikçilik köyida Yamanga boradi va yoqilği quyiş şoxobçasida işlay boşlaydi. Oradan yillar ötib u Hindistonga qaytib, 35 kvadrat metrlik kiçkina xonada kompaniya taşkil etadi va ziravorlar sotişni yölga qöyadi. Şu tariqa dunyodagi eng yirik neftni qayta işlaş majmuasi va 470 milliondan ortiq obunaçiga ega telekommunikatsiya tarmoğining egasi bölgan “Reliance Industries” kompaniyasining asosi paydo böldi.
2024 yilning bahor va yoz oylari. Butun dunyo mediasining e’tibori Hindistonga qaratilgandi. Sabab bitta: Osiyoning eng boy odami Mukeş Ambani kenja öğli Anant uçun şunday töy qildiki, uning dabdabasi butun sayyorada şov-şuv böldi. Bu şunçaki dabdabali marosim emas, balki Ambanilar oilasining global qudrati, ta’siri va beqiyos boyligining namoyişi ham edi.
Töydan oldingi tadbirlarga Mark Tsukerberg, Bill Geyts, Ivanka Tramp singari global elita vakillari taşrif buyurdi, Rihanna va Jastin Biber kabi jahon yulduzlari millionlab dollar evaziga qöşiq kuyladi. Umuman bayramga taklif etilgan siyosatçilar röyxatida AQŞning sobiq davlat kotiblari Hillari Klinton va Jon Kerri, Buyuk Britaniyaning sobiq boş vazirlari Boris Jonson va Toni Bler ham bor edi. Kiçik bir şahar — Jamnagardagi aeroport bir neça kun içida xalqaro aviatsiya xabiga aylandi. Töy uçun umumiy hisobda 600 mln dollar pul sarflanadi.
Xöş, bu qanday oila? Ular şunça pulni qayerdan olişyapti? Kun.uz “Biznes vaqti” ruknida Osiyoning eng boy oilasi — Ambanilarning kiçik ziravorlar savdosidan global biznes imperiyaga aylanişigaça bölgan tarixiy yöli haqida hikoya qiladi.
Hammasi qanday boşlangandi?
Bugungi kunda qiymati 200 milliard dollardan qimmatroqqa baholanadigan “Reliance Industries” kompaniyasining asosi ötgan asrning 50 yillarida, Hindistondan ança uzoqda joylaşgan Yaman davlatida paydo böladi. Mukeş Ambanining otasi, biznes imperiya asosçisi Dhirubhay Ambani 1932 yilda Hindistonning Gujarat ştatida öqituvçi oilasida dunyoga kelgan. Oila qaşşoq bölgani sababli, Dhirubhay 16 yoşida işlaş uçun Yamanning Adan şahriga yöl oladi. Bu yerda u yoqilği quyiş şoxobçasida oddiy işçi, keyinroq esa hisobçi bölib işlaydi. Dhirubhay böş vaqtlarida bozorlarni aylanar, xalqaro savdo qanday işlaşi, valuta kurslaridagi farqlarni örganardi. Hattoki öşa paytda Yamanda muomalada bölgan kumuş tangalarni eritib, Yevropa mamlakatlariga qimmatroqqa sotiş orqali dastlabki kapitalini yiğgani haqida ayrim ma’lumotlar ham uçraydi.











