Sport | 19:15 / 24.04.2017
18719
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi eng zo‘r dribling ustasi aniqlandi

«Midlsbro» hujumchisi Adama Traore Yevropadagi eng yaxshi driblerlar yuztaligida birinchi o‘rinda qayd etildi. Top-100 Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) tomonidan tuzilgan.

Indeks quyidagicha hisoblangan: aldab o‘tishlar soni harakatlar soniga taqsimlangan.

«Midlsbro»ning 21 yoshli ispaniyalik futbolchisi bu borada Eden Azar («Chelsi») va Allen Sen-Maksimen («Bastiya») kabi dribling ustalarini ham ortda qoldirgan.

Reytingdagi to‘rtinchi va oltinchi o‘rinlarida «Barselona» futbolchilari Neymar hamda Lionel Messi joy olgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid