Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarid qilingandan ko‘p o‘tmay sotib yuboriluvchi mashinalar reytingi tuzildi
Foto:motor.ru
AQShning avtomobil bozori va mashinalar savdosi tadqiqotini olib boruvchi iSeeCars tashkiloti ishlatilishining birinchi yiliyoq eng ko‘p sotib yuboriladigan mashinalarni ma'lum qildi. 11 ta modeldan iborat bo‘lgan reytingning yarmidan ko‘p qatorini premial mashinalar egalladi.
Mutaxassislar yangi mashinalarning (2015-2017 yillarda ishlab chiqarilgan modellar) 2015 va 2016 yillarda sotilishi bo‘yicha 24 mlnta holatni tahlil qilib chiqdilar. VIN-kodlar (transport vositasining identifikatsion raqami) yordamida birinchi marta sotilishidan (yangiligida) 4 oydan bir yilgacha muddat ichida minilgan avtomobillar bozoriga qo‘yilib, takroran sotilgan mashinalar aniqlandi.
iSeeCars’da yangi avtomobil sifatida sotilgan vaqtda katta miqdorda yo‘l bosib o‘tgan hamda kam yo‘l bosib o‘tgan minilgan mashinalar umumiy avtomobillar orasidan chiqarib tashlandi. Bundan tashqari, ro‘yxatga 50 mingtadan kam miqdorda sotilgan modellar kiritilmadi.
Ro‘yxatga ko‘ra, eng ko‘p takror sotiluvchi mashinalar BMW 3-Series bo‘ldi, bu mashinalar qayta sotilgan umumiy mashinalarning 8 foizini tashkil qildi. Reytingga, shuningdek, BMW’ning yana 3 ta modeli, "Mersedes"ning 2 modeli kirdi.

Mualliflar reytingga premial mashinalarni kiritishlarining sababini bu markalar dilerlari ko‘pincha yangi avtomobillarni mijozlarga ularning mashinalari ta'mirlanayotgan vaqtda o‘rniga beriluvchi mashina sifatida sotib olishlari bilan tushuntirdilar. Avtomobillar birinchi yil ishlashining oxirida yaxshi holatda bo‘lsa ham minilgan mashina sifatida sotiladi.
Bundan tashqari, mutaxassislarning fikricha, odamlar premial modellarni ulardan hafsalalari pir bo‘lgani sabab sotib yuborishadi.
Shuningdek, iSeeCars’da avtomobillar yangiligida sotilgan narx va minilgan mashina sifatida sotilgan narx o‘rtasidagi o‘rtacha farqni hisoblab chiqishdi. Bu borada eng kam farq bilan Subaru WRX modeli sotilgan.

Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023