Jamiyat | 18:36 / 26.04.2017
17074
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Pensioner yosh talonchilarning adabini berib qo‘ydi

Fransiyalik keksa yoshli erkak yosh talonchilar guruhining adabini berib qo‘ydi. Ular qariyaning bankomatdan yechib olgan pullarini tortib olmoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Daily Mail.

Politsiyaning fikricha, erkakka uyushgan guruh hujum qilgan: asosan Ruminiya yoki Bolgariyadan bo‘lgan talonchilar kuniga 20 martagacha aynan shu yerdan pul yechib oluvchi kishilarga hujum qiladi. Politsiya yosh jinoyatchilarni tutmaydi: ularda hujjatlar yo‘q, hamda aksariyati jinoiy javobgarlikka tortish uchun ruxsat beradigan yoshga to‘lmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid