Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya mudofaa vaziri AQShga ko‘zlangan tashrifini bekor qildi
Foto: Reuters
GFR mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen AQShga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi, bunga davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarni tayyorlayotgan harbiyning qo‘lga olinishiga oid ishlarni o‘rganish zarurati sabab qilib ko‘rsatildi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.
Fon der Lyayyen 3-4 may kunlari AQShga tashrif buyurib, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va boshqa rasmiylar bilan uchrashishni rejalashtirgandi. Biroq idorada hozir uning uchun qo‘lga olingan harbiyning ishiga oydinlik kiritish ustuvor ahamiyat kasb etishi ta'kidlangan.
Germaniyaning Frankfurt-na-Mayne shahri politsiyasi o‘tgan haftada 28 yoshli katta leytenant bundesverni qo‘lga oldi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatchi 2015 yil oxirida Gisen shahrida suriyalik qochqin sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Manbada ta'kidlanishicha, u siyosiy qarashlari to‘g‘ri kelmagani tufayli qatl qilishni ko‘zlangan qurbonlari ro‘yxatini tuzib yurgan.
Mavzuga oid
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
11:47 / 05.12.2025
So‘rov: nemislar hukumat va pensiya tizimidan norozi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025