Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eron portlarining to‘liq dengiz qamali boshlanganini ma’lum qildi
Amerika rahbarining ta’kidlashicha, Eron harbiy-dengiz kuchlari allaqachon «dengiz tubida yotibdi».
AQSh Eron portlarini dengiz orqali to‘liq qamal qilishni boshladi. Bu haqda prezident Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Amerika rahbarining ta’kidlashicha, Eron harbiy-dengiz kuchlari allaqachon «dengiz tubida yotibdi». Tramp so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi operatsiya davomida 158 ta kema butunlay yo‘q qilingan.
«Biz ularning faqat ozgina qismini [qoldirdik], ular aytganidek, «tezkor zarba beruvchi kemalar»ni yo‘q qilmadik, chunki biz ularni jiddiy tahdid deb hisoblamadik», dedi u.
AQSh prezidenti bu kemalardan birortasi o‘zi e’lon qilgan qamalga yaqinlashsa, darhol yo‘q qilinishini ta’kidladi. AQSh dengizdagi qayiqlarda giyohvand moddalar sotuvchilariga qarshi qo‘llagan yo‘q qilish tizimlari qo‘llaniladi.
«Bu tez va shafqatsiz. AQSh hududiga dengiz orqali kirib kelayotgan giyohvand moddalarning 98,2 foizi to‘xtatildi!», deb xulosa qildi Donald Tramp.
13 apreldan boshlab AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eron portlariga kirishni to‘sib qo‘yishni va xavfsiz o‘tish uchun Eronga pul to‘laydigan har qanday kemani ushlab qolishni rejalashtirmoqda. Tramp bu borada boshqa davlatlar Qo‘shma Shtatlarga yordam berishini aytgan, biroq hozircha hech kim tashabbusga qo‘shilmadi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026