Jahon | 18:12 / 02.05.2017
6462
3 daqiqa o‘qiladi

Putin va Merkel Sochida muzokara o‘tkazmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya federal kansleri Angela Merkel Sochida muzokara o‘tkazmoqda. Ikki davlat yetakchisi terrorizmga qarshi kurashish, Yaqin Sharqdagi vaziyat va Minsk kelishuvlarini amalga oshirish kabi asosiy xalqaro muammolarni muhokama qilishi kutilmoqda.

«Hamburgda o‘tadigan «yigirmalik» sammitiga tayyorgarlik qay tarzda ketayotganini bizga bildirish uchun yurtimizga tashrif buyurish imkoniyatini topganingiz uchun sizga katta tashakkur. Albatta, eng muammoli nuqtalar borasida ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha muloqot qilish uchun bizning ushbu tashrifdan foydalanmasdan ilojimiz yo‘q. Men Ukraina, Suriya, yana boshqa mintaqalarni nazarda tutmoqdaman», — degan Putin.

Merkel esa Rossiya prezidenti bilan Liviyadagi vaziyatni hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni mo‘ljallayotganini ta'kidlagan.

Muzokaralar Vladimir Putinning «Bocharov Ruchey» davlat qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya tomonidan TIV rahbari Sergey Lavrov, prezident yordamchilari Sergey Ushakov va Vladislav Surkov, GFR tomonidan — tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi Kristof Xoysgen, moliyaviy va iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchi Lars-Hendrik Ryoller va Yevropa siyosati bo‘yicha maslahatchi Uve Korzepius ishtirok etmoqda.

Merkelning Rossiyaga tashrifi arafasida nemis ekspertlari uchrashuv Bundestagga saylov arafasida amalga oshirilayotganini ta'kidlab, Merkel Moskva bilan erilishladigan kelishuvlardan ko‘ra, o‘z saylovchilarida yaxshi taassurot qoldirishni maqsad qilmoqda, degan fikrga kelishgan. Rossiya fanlar akademiyasi Yevropa Institutining german tadqiqoti markazi yetakchi ilmiy xodimi Aleksandr Kamkin Sputnik radiosi efirida, o‘z navbatida, Merkelning diplomatik xodimi sanksiyalar borasidagi siyosati uchun Merkelni anchadan buyon tanqid ostiga olib yurgan nemis biznesiga o‘ziga xos ishora bo‘ladi, deya ta'kidlagan.

So‘nggi marta Angela Merkel Rossiyaga rosa ikki yil muqaddam, 2015 yilning 10 mayida rasmiy tashrif bilan kelgan edi. O‘shanda Rossiya prezidenti va Germaniya kansleri Moskvada uchrashib, Rossiya va Yevropa ittifoqining o‘zaro munosabatlari va Ukrainadagi vaziyatni muhokama etishgan edi.

Mavzuga oid