Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Midlsbro» chempionshipga tushib ketdi. Endi jamoa futbolchilari «talash» bo‘ladi
«Midlsbro» APLning 36-turida «Chelsi»ga 0:3 hisobida yutqazdi va chempionshipga tushib ketadigan bo‘ldi. Jamoa ayni vaqtda 28 ochko to‘plagan va 17-o‘rinda turgan «Suonsi»ga (35 ochko) keyingi 2 turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar yetib ololmaydigan holatda.
«Liverpul»ning sobiq futbolchisi, ayni vaqtda futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan Jyeymi Karrager «Midlsbro» sardori Ben Gibson yozgi transferlar vaqtida APLdagi ko‘plab jamoalarning transfer nishoniga aylanishini taxmin qildi.

«Qachonki jamoa APLni tark etar ekan, liganing boshqa klublari ushbu jamoaning eng yaxshi futbolchilarini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat boshlashadi, bu jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri esa Gibson va u allaqachon nishonga tushgan. Qolaversa, u chap oyoqda o‘ynaydi, bunday futbolchilar esa sanoqli. Ishonamanki, ko‘plab klublar unga taklif bilan chiqishadi va «Midlsbro» uni sotish orqali kattagina pulga ega bo‘ladi», — degan Karrager Sky Sports uchun bergan intervyusida.
24 yoshli Gibson joriy mavsumda «Midlsbro» safida 39 uchrashuvda maydonga tushdi. Angliya terma jamoasiga chaqirilgan ushbu futbolchi joriy mavsum davomida ham bir qator klublarning qiziqishlari doirasida turdi. «Chelsi» uni Jon Terriga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda va uning transferi uchun 30 million funt sarflashga tayyor. «Lester» ham uni shuncha pul evaziga sotib olishni istamoqda. Unga «Liverpul», «Manchester Siti» va «Stok Siti» kabi jamoalardan ham qiziqish mavjud.

«Midlsbro»ning yana bir yulduzi Adama Traore. «Barselona» tarbiyalanuvchisi, 2015 yilning yozida «Aston Villa»ga transfer qilingan, o‘tgan yil yozida «Midlsbro»ga o‘tgan 20 yoshli bu futbolchi Yevropadagi eng mohir dribling ustasi sifatida tan olindi.
According to @CIES_Football, Middlesbrough’s Adama Traore is the best dribbler in Europe. “Check the stats...”https://t.co/KFobfUhFzj pic.twitter.com/SbhZEWcgnd
— PitchingItBlack (@PitchingItBlack) April 25, 2017
Kelib chiqishiga ko‘ra malilik bo‘lgan Traore Ispaniya fuqaroligiga ega.
Adamaga qishda «Chelsi» tomonidan qiziqish bildirilgandi. Traore o‘z tezligi bilan londonliklar ustozi Antonio Kontening e'tiboriga tushgan. Jismoniy tomondan ham kuchli bo‘lgan, o‘ng qanotda harakatlanadigan bu yosh futbolchi jamoada Viktor Mozes, Pedro yoki Villianning o‘rnini egallashi mumkin. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan.
Mavzuga oid
08:08 / 09.05.2017
«Chelsi» o‘z uyida 300 g‘alabaga erishgan uchinchi jamoaga aylandi
02:15 / 09.05.2017
«Chelsi» chempionlik sari yana bir qadam tashladi. «Midlsbro» APL bilan xayrlashdi
20:01 / 30.04.2017
«Manchester Siti» autsayderga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatda qutulib qoldi
19:15 / 24.04.2017