Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi boks kechasida Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi
Foto: "Kun"
Samarqand shahrida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning chorak final bahslarining ilk janglari davom etmoqda. Unda Uzbek Tigers va Cuba Domadores bokschilari o‘zaro kuch sinashmoqda.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir vazn toifasidagi janglar 3 daqiqadan 5 raund o‘tkaziladi.
Ringga birinchi bo‘lib, Uzbek Tigers jamoasining 49 kg vazn toifasidagi vakili, Rio-2016 va Osiyo chempioni Hasanboy Do‘smatov Cuba Domadores jamoasining Rio-2016 bronza medali sovrindori, jahon chempioni Joxanus Argilagosga qarshi ringga chiqdi.
Hakamlar qaroriga ko‘ra, 2016 yilda dunyoning eng yaxshi bokschisi Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing – Butunjahon Boks Seriyasi chorak final bahslarida O‘zbekiston sha'nini himoya qilayotgan bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimlarda ringga ko‘tarilishmoqda.
Hasanboy g‘alaba muborak!
Mavzuga oid
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi
20:26 / 09.08.2024