Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tartib-qoidani mensimagan direktor jazoga tortildi
Foto: Fotolia
Halima Hamidova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ko‘p pul topish maqsadida jamiyatdagi mavjud tartib-qoidalarni mensimaslik tegishli javobgarlik keltirib chiqarishini bilsa ham bunga amal qilmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
U 2014 yilda “Platinum Perfeect” MChJ direktorligiga tayinlanganida barcha ishlar risoladagidek ketayotgan edi. Lekin Halimaning nafsi qonun-qoidalardan, jamiyat manfaatlaridan ustun chiqdi.
U mas'uliyati cheklangan jamiyatga tegishli savdo do‘konida sotilayotgan, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarni milliy va chet el valyutasiga sotib, naqd pul mablag‘larini nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazmasdan, qolaversa, bank muassasasiga ham topshirmasdan kelgan. Xususan, H.Hamidovaning fuqaro M.Bo‘riyevaga xorijiy davlatdan keltirilgan 5 dona choyshabni 380 ming so‘m va 400 AQSh dollariga sotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlarda, jamiyatda 151 mln. 600 ming so‘mlik 39 turdagi 785 dona xorijiy davlatda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning savdosidan kelib tushgan 35 mln. 848 ming so‘m pul mablag‘i NKM xotirasiga kirim, bank muassasasiga inkassatsiya qilinmaganligi ham ma'lum bo‘ldi.
Sud hukmi bilan Halima Hamidova tegishli jazoga tortildi.
Mavzuga oid
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
13:53 / 10.01.2026
Toshkentda tungi reyd: avtomashina yo‘lovchisidan shubhali modda topildi
12:00 / 10.01.2026