Jahon | 19:31 / 28.05.2017
11583
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel: Bir-birimizga to‘liq ishonishimiz mumkin bo‘lgan davrlar o‘tdi

Foto: EPA

Germaniya kansleri Angela Merkel G7'ga a'zo bir qator mamlakatlardagi tarqoqlik fonida Yevropa faqat o‘ziga ishonishi kerakligini ta'kidlamoqda. U Xristian-ijtimoiy ittifoqi rahbari Xorst Zeyexofer bilan birga o‘tkazilgan qo‘shma tadbirda shunday bayonot bilan chiqdi. 

"Bir-birimizga to‘liq ishonishimiz mumkin bo‘lgan davrlar o‘tib ketdi, men buni so‘nggi kunlarda yaqqol his qildim, - deya Merkelning so‘zlarini keltiradi DPA agentligi. - Shu bois aytishim mumkinki, yevropaliklar o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olishi kerak". 

Mahalliy OAV, xususan Welt va Bild gazetalari Merkelning bu bayonotidan kansler AQShni ishonchli hamkor deb hisoblamasligiga oid xulosa chiqargan. 

"Katta yettilik" sammiti 26-27 may kunlari Italiyada bo‘lib o‘tdi. U bir tomondan ushbu klubning olti ishtirokchisi va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni, boshqa tomondan esa - qator mavzular - iqlimga doir Parij bitimidan tortib to qochqinlar masalasigacha fikrlar nomuvofiqligini namoyon qildi. 

Mavzuga oid