Jamiyat | 22:48 / 02.06.2017
10557
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramiz aholisi iyunning boshida Jonson kometasini kuzatishi mumkin bo‘ladi

2015 yilda olim Jyess Jonson tomondan ochilgan Jonson kometasi Yerdan xavfli yaqinlikda uchib o‘tadi. Uni 4 iyun kuni binoklda Ho‘kizboqar yulduzlar turkumida kuzatish mumkin bo‘ladi.

Kometa Yerga yaqinlashadigan 122 mln kilometrlik masofa astronomik o‘lchamlarga ko‘ra juda kichik qiymatdir. Bunday yaqinlik hisobiga kometani qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Kometa Quyoshga yaqinlashganda Katta Ayiq yulduzlar turkumidagi yulduzlardan yorqinroq bo‘ladi. Uning yorqinligi iyun boshida +7 yulduz birligiga yetadi. Taqqoslash uchun, Katta Ayiq yulduzlarining yorqinligi +2 yulduz birligini tashkil qiladi. Kometa giperbolik orbitaga ega.  

Ta'kidlanishicha, kometani 12 iyungacha kuzatish mumkin bo‘ladi. Kometani ufqdan yuqorida osmonning janubiy qismida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

"Iyunning birinchi yarmida C/2015 V2 (Jonson) kometasi Ho‘kizboqar yulduzlar turkumida Arktur yaqinida yashilsimon yulduz holatida ko‘rinadi. Shimoliy yarim sharning o‘rta kengliklarida butun tun davomida kometani binokl va havaskorlar teleskopida kuzatish mumkin bo‘ladi", deb ma'lum qilindi Moskva planetariysida.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid