O‘zbekiston | 15:35 / 02.06.2017
5209
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda Qirg‘iziston elchisi qabul qilindi

2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning joriy masalalari muhokama qilindi hamda turli darajalardagi bo‘lajak O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid