Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota Tesla bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Yaponiyaning Toyota avtomobil kompaniyasi Tesla’ning o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha aksiyalarini sotib yubordi va Amerika kompaniyasi bilan elekromobillar sohasidagi hamkorlik to‘xtatdi. Bu haqda Nikkei xabar berdi.
Kompaniyalar hamkorlik haqida 2010 yilning mayida e'lon qilishgandi. O‘shanda Toyota Tesla’ning 3,15 foiz aksiyalari 40,5 mln dollarga sotib olgan. Ta'kidlanishicha, bunday qadam elektromobillarni birgalikda ishlab chiqishga yo‘naltirilgandi.
Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, ayni damda yapon ishlab chiqaruvchisi Tesla bilan bu sohada hamkorlikni ko‘rmayapti, sababi o‘zi mustaqil ravishda elektromobillarni ishlab chiqarishga urinmoqda.
Mavzuga oid
07:52 / 09.12.2025
Toyota yetakchi, BYD shiddat bilan yaqinlashmoqda: dunyo avtobozori reytingi
09:00 / 15.11.2025
Toyota akademiyasi: sifat, ishonch va rivojlanishning yangi bosqichi
20:28 / 07.11.2025
Tesla aksiyadorlari Ilon Maskka bir trillion dollarlik bonus berishga rozi bo‘ldi
20:28 / 03.11.2025