Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan avtomobillarni yetkazib berish muddatlariga oydinlik kiritdi
Foto: "Kun"
GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida avtomobillarni yetkazib berish muddatlariga oydinlik kiritildi.
Ishlab chiqaruvchining bankdagi hisob raqamiga, avtomobilning belgilangan miqdordagi avvaldan to‘lanadigan yoki to‘liq narxi kelib tushgan sanadan boshlab, avtomobilni yetkazib berish muddatlari quyidagicha:
- Dilerda (omborda) mavjud avtomobil uchun - 1 (bir) ish kuni;
- Sanoat yig‘ish usulida ishlab chiqariladigan avtomobil uchun - 60 (oltmish) ish kuni;
- Yirik uzelli yig‘ish uslubida ishlab chiqariladigan avtomobil uchun - 90 (to‘qson) ish kuni;
- Standart paket optsiyalaridan farq qiluvchi, mijozning talabiga ko‘ra modifikatsiyalangan optsiyalar to‘plami bilan sanoat yig‘ish usulida ishlab chiqariladigan avtomobil uchun - 120 (bir yuz yigirma) ish kuni;
Avtomobillarni yetkazib berish muddatlari buzilgan holatlarda, shuningdek dilerlik kelishuvlarida belgilangan boshqa shartlar bajarilmaganda, kerakli choralar ko‘riladi. Bunday holatlarda shartnoma ham bekor kilinishi mumkin.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023