Avtomashinalarni tunab yurgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi
Ismoil Sharipov «Damas» avtomashinasini Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasiga qoldirib bamaylixotir uyiga kirib uxlaydi. Ertalab turib qarasa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki avtomashinaning orqa yo‘lovchi eshigining oynasi ochiq, uning ichida bo‘lgan qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlab ketilgan. Holatdan esankirab qolgan Ismoil Sharipov tezda Buxoro shahar IIBga ariza bilan murojaat qilishga shoshiladi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro IIB matbuot xizmati.
Dadajon Ochilov ham o‘sha tunda o‘ziga tegishli bo‘lgan «Damas» ni 40-uy oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida jabrlanib qolganlardan.
Har ikkala jabrlanuvchilarning arizalari yuzasidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida T.Farog‘iy ko‘chasi 24-uyda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan Mashkov Vitaliy Vadimovich o‘ziga o‘xshagan tayinli kasb korga ega bo‘lmagan, 1976 yilda tug‘ilgan Zubankov Vladimir Ivanovichlar o‘zaro jinoiy til biriktirib, spirtli ichimlik ichgan mast holatda ushbu o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etganliklari aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan V.Mashkov va V.Zubankovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
15:04 / 03.11.2024