Angliya yoshlar termasi ilk marta jahon chempioni bo‘ldi
Janubiy Koreyada o‘tkazilayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medallar uchun final bahsi Angliya va Venesuela terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. O‘yindagi yagona golni «Everton» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin urdi.
Ikkinchi bo‘limda venesuelaliklar hisobni tenglashtirishga yaqin kelishgandi, ammo inglizlar darvozaboni Frederik Vudmen Adalberto Penyarandaning 11 metrli nuqtadan bergan zarbasini bartaraf etdi.
O‘yinda hisob o‘zgarmay qoldi va Angliya yoshlar terma jamoasi (U-20) 1977 yildan buyon o‘tkazilayotgan turnirda ilk marta g‘olib bo‘lishdi. Shuningdek bu inglizlarning jahon chempionatlarida 1966 yildan buyon ilk marta g‘olib chiqishidir.
Jahon chempionati (U-20). Janubiy Koreya. Final
Venesuela – Angliya – 0:1 (0:1)
Gol: Kalvert-Lyuin, 35.
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Penyaranda, 74 (Venesuela).
Venecuela U-20 – Farines, Ernandes, Ferraresi, Velaskes, Ernandes, Errera, Lusena, Kordova (Sosa, 72), Penyaranda (Urtado, 90), Chakon (Soteldo, 51), Penya.
Angliya U-20 – Vudmen, Tomori, Uoker-Piters, Kenni, Klark-Solter, Kuk, Dauell (Odjo, 62), Onoma, Lukman (Meytlend-Naylz, 76), Solanke, Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirishlar: Velaskes (46), Tomori (48), Dauell (58).