Hindistonda ikki yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Hindistonda ro‘y bergan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar tarqatgan.
Birinchi YTH 10 iyun kuni Uttar-Pradesh shtatida ro‘y bergan. Rajostan shtatidagi Bareli okrugida ziyoratchilar mingan mashina Mathur shahri yaqinida kanalga tushib ketgan. Avtomobilda bir oilaning 9 a'zosi hamda haydovchi bo‘lgan, ularning barchasi, jumladan ikki yosh bola halok bo‘lgan.
Ikkinchi hodisa ham shu kuni Maxarashtra shtatida ro‘y bergan. Mumbaydan Latur shahriga yo‘l olgan avtobus Bid okrugi hududida, Dhanor shaharchasi yaqinida ag‘darilib ketgan. Bu hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lib, 12 kishi jabrlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqa mashinalarni quvib o‘tish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotgan.
Hindistonda yo‘llar holati yomonligi va haydovchilarning aybi tufayli juda ko‘p yo‘l-transport hodisalari ro‘y beradi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, har kuni mamlakat yo‘llaridagi halokatlar oqibatida o‘rtacha 400 kishi vafot etadi. Yillik ko‘rsatkich esa 150 ming kishini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:06 / 11.11.2024
Toshkentda «garmoshka» avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi jarohat oldi
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
15:51 / 07.11.2024
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda
01:52 / 07.11.2024