Sport | 16:34 / 15.06.2017
8288
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA Konfederatsiyalar kubogida yangi qoidalarni sinab ko‘radi

Foto: RBK

FIFA texnik direktori Marko van Basten Konfederatsiyalar kubogi boshlanishi arafasida futbolda joriy etiladigan yangi qoidalar haqida gapirdi.

«Krestovskiy» – ajoyib stadion. Men bu yerni 10 daqiqa avval ko‘zdan kechirib chiqdim. Bu stadionda o‘ynash ajoyib.

Biz hakamlardan o‘zini bir guruh futbolchilar o‘rab turganida qat'iyroq bo‘lishni so‘raymiz. Biz bunday vaziyat futboldan butunlay yo‘q bo‘lishini istaymiz.

Yana bir muhim mavzu – o‘yin vaqtini oshirish hisoblanadi. Biz jarohatlar va o‘yinchilar almashtirilishlari tufayli sarflangan vaqt o‘yinga to‘laligicha qo‘shib berilishini istaymiz.

Hozirda odatda birinchi bo‘limga bir daqiqa, ikkinchi bo‘limga ko‘pi bilan 3 daqiqa qo‘shib beriladi. Ammo yuqoridagi kabi vaziyatlarda yo‘qotilgan vaqt bundan ko‘proq bo‘ladi. Golni nishonlash uchun ham ko‘p vaqt o‘g‘irlanadi.

Darvozabon to‘pni o‘yinga kiritguncha ham vaqt o‘ldiradi. Biz istaymizki, o‘yin yanada dinamik bo‘lsin. Biz hakamlardan so‘rardikki, to‘pni darvozabon 6 soniyadan ko‘p vaqt ushlab turmasligi kerak.

Biz shuningdek, videoyordamchi (VAR) va qo‘shimcha bo‘limlarda to‘rtinchi futbolchini  almashtirishni joriy etishni sinovdan o‘tkazmoqchimiz. Videoyordamchilardan foydalanishdan maqsad – VAR tizimini Rossiyadagi jahon chempionatida qo‘llashdir», – degan Basten.

Konfederatsiyalar kubogi 17 iyun kuni Sankt-Peterburgda Rossiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid