O‘zbekiston | 15:15 / 25.06.2017
11759
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati hokimi viloyat yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» munosabati bilan yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida Samarqand viloyatida «Hokim va yoshlar» uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan asosiy vazifalar va yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar va kelgusida viloyat miqyosida rejalashtirilgan yangiliklardan yoshlarni boxabar qilish va ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganish, ularni bartaraf qilish xususida so‘z yuritdi.

Yig‘ilish davomida Samarqand viloyati va tumanlarida o‘tgan davr mobaynida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlarga tushuntirish, yoshlar uchun ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini samarali va ta'sirchan uslubda amalga oshirish, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Uchrashuv davomida viloyat yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldilar.

Viloyatning 16 ta shahar va tumanida yoshlar markazi binolari ochilib foydalanishga topshirildi.

F. Norbo‘tayev, 
jurnalist.

Mavzuga oid